Etil atsetat

Etil atsetat — organik birikma, sirka kislotasining etil efiri, uchuvchi harakatlanuvchi shaffof suyuqlikdir. Etil spirtini sirka kislotasi bilan eterifikatsiya qilish yo'li bilan olinadi.

A sinf etil atsetat (oliy nav) "Ferganaazot" AJ zavodi bazasida ishlab chiqariladi.

Qo’llanishi:
• tsellyuloza, atsetil-, nitroseluloza, poliuretan, mum, yog’lar, nitratlar, epoksid bo'yoqlar, laklar, emallar uchun erituvchu sifatida;
• bo'yoq sanoatida pigmentlar va plyonka hosil qiluvchilar erituvchisi sifatida;
• yupqa alyuminiy listlari va alyuminiy folgalarini yog’sizlantirish uchun;
• sun'iy charm ishlab chiqarishda erituvchi sifatida;
• atsetosirka kislota etil efir sintezida kimyoviy sohada;
• murakkab kleylar ishlab chiqarishda;
• farmatsevtikada ayrim dori vositalarini ishlab chiqarish jarayonida;
• moslashuvchan o’ramlarga trafaret yozuvlari va chizmalarini qo'llash uchun siyoh tayyorlashda;
• kauchuk, selofan, foto va kinoplyinka mahsulotlarini ishlab chiqarishda.

"Ferganaazot" AJ tomonidan ishlab chiqarilgan etil atsetatni sotib olish uchun quyidagi raqamlarga murojaat qiling:
Qabulxona: +998781479090
Marketing bo'limi: +998781474004
yoki elektron pochta orqali:
office@ukie.uz
marketing@ukie.uz

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech