Notice: file_put_contents(): Write of 30 bytes failed with errno=122 Disk quota exceeded in /home/uzkimyoi/public_html/index.php on line 5
O‘zbekiston va Ispaniya kimyo sanoatidagi hamkorlikning kelgusidagi istiqbollarini muhokama qildi.

O‘zbekiston va Ispaniya kimyo sanoatidagi hamkorlikning kelgusidagi istiqbollarini muhokama qildi.

Madridda “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi Jo‘rabek Mirzamahmudov Ispaniya sanoat, savdo va turizm vazirligi Davlat kotibi Shiana Mendes bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasining Ispaniya Qirolligigidagi elchixonasi ko‘magida tashkil etildi.

Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston kimyo sanoatida Ispaniya kompaniyalari bilan hamkorlikning keyingi istiqbollari, xususan, “Maksam” kompaniyasi bilan mamlakatimizda muvaffaqiyatli tashkil etilgan mineral o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchi “Maksam-Chirchiq” va “Ammofos-Maksam” korxonalarining faoliyati muhokama qilindi.

Shu bilan birga, Toshkentda joriy yilning ikkinchi yarmiga belgilangan Hukumatlararo komissiyaning birinchi yig‘ilishi kun tartibidagi masalalar yuzasidan tomonlarning takliflari ko‘rib chiqildi.

“O‘zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati ma’lumotlariga ko’ra.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech