FIRIBGARLARNING TAKLIFLARIGA ALDANIB QOLMANG!

“O`zkimyoimpeks” MCHJ tomonidan shu yilning 13-aprel sanasida “O`zkimyosanoat” AJ tizim korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan qator mineral o`g’itlar va kimyoviy mahsulotlarning 2022-yilgi eksporti uchun mo`ljallangan hajmlari bo`yicha shartnomalar tuzilganligi va joriy yil uchun arizalar qabuli to`xtatilganligi ma’lum qilingan edi. Ammo shunga qaramasdan, xorij kompaniyalari va xaridorlarga o`zlarining vositachilik xizmatlarini taklif qilib, sohta shartnomalarni taqdim etayotgan firibgarlar ham uchrab turipti.

Ana shunday firibgarlik va tovlamachilik bilan shug’ullanib noqonuniy faoliyat olib borgan uyushgan jinoiy guruh a’zolari, “O`zkimyosanoat” AJ Komplayens xizmati tomonidan tayyorlangan ma’lumotlar asosida o`tkazilgan tezkor tadbirda, mineral o`g’it eksporti uchun shartnoma imzolatib berish evaziga xorij komaniyasi vakilidan 200 000 AQSH dollari miqdoridagi pulni olayotgan vaqtida jinoyat ustida qo`lga olindi. Ularga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168 moddasi 4-qismi “a” bandi, 211 moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Ta’kidlash joizki, kompaniyamizga aloqador bo`lmagan shaxslar tomonidan shu kabi “kvota”, “qo`shimcha hajmlar” ajratish bo`yicha takliflar berish kabi holatlar ko`paygan. Bu esa haqiqatga to`g’ri kelmaydi va firibgarlikdir. Agar siz shu kabi vaziyatga duch kelsangiz anticorruption@ukie.uz komplayens xizmatining elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin. Firibgarlarning takliflariga aldanib qolmang!

“O`zkimyoimpeks” MCHJ

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech