“O`zkimyoimpeks” kompaniyasi xalqaro ISO 37001:2016 sertifikatini qo`lga kiritdi

“O`zkimyoimpeks” MCHJ sertifikatlashtirish organi “CERT INTERNATIONAL” s.r.o. tomonidan sertifikatlashtirish tartib-qoidalariga muvofiq o‘tkazilgan audit natijalariga ko‘ra, korruptsiyaga qarshi boshqaruv tizimi bo`yicha xalqaro
ISO 37001:2016 sertifikatini qo`lga kiritdi.

ISO 37001:2016 – bu tashkilotda korrupsiyaga qarshi kurashning samarali tizimini yaratishning xalqaro usullarini o‘zida jamlagan, korrupsiyaga qarshi mukammal boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladigan xalqaro standartdir.
ISO 37001:2016 korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimini ishlab chiqish, joriy etish, qo‘llab-quvvatlash, tahlil qilish va takomillashtirish uchun talab va ko‘rsatmalarni belgilaydi. Bu standart 44ta mamlakatdan jalb qilingan 80 nafar mutaxassisdan iborat maxsus shakllantirilgan ISO/PC 278 «Anti-bribery management systems» ishchi qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech