Toshkentda “Men G‘olib” poygasi bo‘lib o‘tdi
Poytaxtimizda 21-may kuni bo‘lib o‘tgan “Men G‘olib” poygasida O‘zbekiston Qurolli Kuchlari va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari, harbiy muassasalar kursantlari, sport ixlosmandlari, professional hamda havaskor sportchilar ishtirok etishdi.
2000 nafarga yaqin ishtirokchi erta tongda “Humo Arena” sport majmuasi hududida 3 km va 10 km masofadagi poygada qatnashish uchun jam bo`ldi. Ahamiyatlisi, musobaqada “Oʻzkimyoimpeks” kompaniyasi xodimi Artyom Galstyan ham faol ishtirok etdi va belgilangan masofani toʻliq, muvaffaqiyatli bosib oʻtdi. Kompaniyamiz sogʻlom turmush tarzini doim qoʻllab-quvvatlaydi.