“Oʻzkimyoimpeks” MChJning Komplayens nazorat xizmati boshligʻi Abdurauf Nigmanov tomonidan kompaniyaning Qozogʻiston va Tojikiston Respublikalarida joylashgan savdo uylari xodimlari bilan korrupsiyaga qarshi kurashish, mazkur illatning oldini olish, korrupsiyaning salbiy oqibatlari, hamkorlar va mijozlar bilan ishlashda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan korrupsion holatlarni toʻliq bartaraf etish yuzasidan suhbat oʻtkazildi.

Shuningdek, savdo uylari xodimlari korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha qabul qilingan barcha tegishli meʻyoriy hujjatlar bilan toʻliq tanishtirildi.
Kompaniyamiz korrupsiyaga qarshi kurashish, ushbu illatning oldini olish va toʻliq bartaraf etish boʻyicha tizimli ishlarni davom ettiradi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech