Yangi hamkorlik shartnomasi

2024-yilning 27-sentabr kuni Hindiston Savdo-sanoat palatasi federatsiyasi (FICCI) rasmiy delegatsiyasi va Hindiston moliya vazirining Toshkent shahriga tashrifi munosabati bilan O‘zbekiston-Hindiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Biznes-froum doirasida "Uzkimyoimpeks" MChJ va “Divvya CPP Pvt Ltd” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolandi.

Erishilgan kelishuvdan koʻzlangan maqsad “Oʻzkimyosanoat” AJ korxonalari va omborlaridan Hindiston portlarigacha samarali va tejamkor logistika zanjirini tashkil etish va 2024-2025-yillarda ammiakli selitra va kaliy xlorid yetkazib berish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech