Made in Uzbekistan

5-17 dekabr kunlari Boku shahrida (Ozarbayjon) “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” ko‘rgazmasi boshlandi, uning doirasida kompaniyamiz “O‘zkimyosanoat” AK zavodlarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar haqida ma’lumot beruvchi stendni taqdim etdi.

“Made in Uzbekistan” brendi ostidagi pavilyon O‘zbekiston Respublikasining Ozarbayjondagi elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni qo‘llab-quvvatlash agentligi tomonidan tashkil etildi.

Ko‘rgazmadan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekistonning ishlab chiqarish salohiyati bilan tanishish, o‘zbek mahsulotlarini targ‘ib qilish, O‘zbekiston va Ozarbayjon ishbilarmon doiralari o‘rtasida aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirishdan iborat. Ishtirokchilar oldiga qo‘yilgan vazifalarni samarali amalga oshirish maqsadida ko‘rgazma doirasida ishbilarmonlik uchrashuvlari, taqdimotlar, matbuot anjumanlari va boshqa tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech