Toshkentda xalqaro marafon bo‘lib o‘tdi

Poytaxtimizda V Toshkent xalqaro marafoni va “Yangi nafas” respublika ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Professional sportchilar va havaskorlar 3 km, 10 km, yarim marafon va marafon yo`nalishlarida bellashishdi. Poygalarda ishtirok etish uchun 20 dan ortiq davlatdan 5500 dan ortiq kishi ro‘yxatdan o‘tgan.   Ahamiyatlisi, yugurish musobaqalarida “Oʻzkimyoimpeks” kompaniyasi xodimi Artyom Galstyan ham faol ishtirok etdi. Kompaniyamiz sogʻlom turmush tarzini doim qoʻllab-quvvatlaydi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech