“Uzkimyoimpeks”da manfaatlar to‘qnashuvi va etika masalalari yuzasidan axborot uchrashuvi o‘tkazildi

2024-yil 5-iyunda qabul qilingan 931-sonli “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablarini amalga oshirish doirasida “Uzkimyoimpeks” MCHJda komplayens-nazorat xizmati tomonidan barcha xodimlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Uchrashuvning asosiy maqsadi — xodimlarni manfaatlar to‘qnashuvi, etika me’yorlariga rioya qilish hamda korrupsiyaga qarshi qonunchilik sohasidagi dolzarb masalalar haqida xabardorligini oshirishdan iborat bo‘ldi.

Kun tartibida quyidagi masalalar muhokama qilindi:

1. Xodimlarning boshqa tashkilotlardagi faoliyati va bunda manfaatlar kesishuvi yuz berishi mumkin bo‘lgan holatlar.

2.Xodimlar va ularning yaqin qarindoshlari “O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalarda mehnat faoliyati olib borishining ehtimoliy ta’siri.

Tadbir davomida amaldagi qonunchilik normalariga izohlar berildi va ichki korporativ qoidalarga rioya etish bo‘yicha tavsiyalar taqdim etildi. Kompaniya ushbu yo‘nalishda xodimlar xabardorligini oshirish va shaffoflikni ta’minlash ishlarini tizimli ravishda davom ettiradi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech