“Oʻzkimyoimpeks” MCHJ boʻlim boshliqlari "ISO 37001:2016 boʻyicha korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi menejeri" yoʻnalishida oʻquv kursida tahsil olishmoqda

“Oʻzkimyoimpeks” MCHJ boʻlim boshliqlari "ISO 37001:2016 boʻyicha korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi menejeri" yoʻnalishida tahsil olishmoqda. Mazkur oʻquv kursi davomida kompaniyamiz xodimlari korrupsiyaning asosiy sabablari va uning jamiyat uchun oqibatlari, korrupsiyaga qarshi boshqaruvning asosiy shartlari, korrupsiyaga qarshi kurashdagi “tuzoqlar”, ISO 37001:2016 tuzilmasi va uning talablari, Due diligence va Compliance Control, boʻlimlarda asosiy korrupsiya xatarlarini aniqlash, korrupsiyaga qarshi kurash xizmatining asosiy vazifalari, SMPC uchun qanday majburiy hujjatlar zarurligi va boshqalar yuzasidan muhim bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishadi.

         Oʻquv kursi yakunida “Oʻzkimyoimpeks” MCHJ boʻlim boshliqlari tegishli sertifikatlarga ega boʻlishadi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech