BKK va IPL kaliyning yangi narxini — $280/t (cfr) shartlarda kelishib oldilar.

«Белорусская калийная компания» (BKK) OAJ va yirik Hind kaliy importchisi IPL kompaniyasi kaliy o’g’itlarini hind bozoriga yetkazishga 180 kun to’lovni kechiktirish imkoni bilan yangi shartnoma narxini belgiladilar — $280/t (cfr) Bu yanvar oyida e'lon qilingan narxdan $ 33/t qimmatroq. Bu haqda BKK matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shu bilan birga, kompaniyalar ushbu kelishuvga erishish biznes yuritish uchun muvozanatli yondashuv va kelishuv ishtirokchilari tomonidan namoyish etiladigan kaliy bozorini muvozanatli va oqilona rivojlantirish uchun umumiy istak tufayli amalga oshirilganligini ta'kidlaydilar.

Boshqa ko'plab kaliy o'g'it ishlab chiqaruvchilari Hindiston uchun oldingi shartnoma narxini, ya’ni $247/t (cfr) ni o'sha paytda spot kotirovkalarni hisobga olgan holda juda past, shuningdek, 2021- yilning boshida umumiy bozor holatini hisobga olgan holda juda arzon deb topishdi. Natijada IPL boshqa yetkazib beruvchilar bilan o’sha narxga kelisha olmadi. Ehtimol, bu shartnoma hajmlari qiymatining g'ayritabiiy o'zgarishi bilan bog’liqdir.

BKK 2013-yilda tashkil etilgan va davlatga biriktirilgan kaliy o’g’iti tashqi savdoning mutlaq huquqini amalga oshiradi. Kompaniya aksionerlari OAJ «Беларуськалий», «Белорусская железная дорога» davlat birlashmasi va «Белэксимгарант» davlat korxonasidir. 2018-yil natijalariga ko'ra, jahon kaliyli o'g'itlar eksportida BKK ulushi 20,5% ni tashkil etdi. BKK eksport geografiyasi deyarli 130 mamlakatdir.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech