Mineral o‘g‘itlarni Fransiyaga eksport qilish bo‘yicha kelishuv
2026-yil 17-sentabr kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda O‘zbekistonning Fransiyadagi Elchixonasi ko‘magida “O‘zkimyoimpeks” va Yevropaning Eudaira kompaniyasi o‘rtasida Fransiyaga mineral o‘g‘itlar va kimyo mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha kelishuv imzolandi. 2026-yil yakuniga qadar 10 ming tonna mahsulot eksport qilish, keyingi yillarda esa eksport hajmini $100 mln ga yetkazish rejalashtirilgan.