Notice: file_put_contents(): Write of 30 bytes failed with errno=122 Disk quota exceeded in /home/uzkimyoi/public_html/index.php on line 5
2026-yil 15–17-sentabr kunlari Fransiyaning Renn shahrida “SPACE 2026” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

2026-yil 15–17-sentabr kunlari Fransiyaning Renn shahrida “SPACE 2026” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

“Made in Uzbekistan” yagona milliy stendi doirasida O‘zbekistonning yetakchi mineral o‘g‘it ishlab chiqaruvchi korxonalari, jumladan, “Farg‘onaazot”, “Navoiyazot”, “Dehqonobod kaliy zavodi”, “Ammofos-MAXAM” va “MAXAM-Chirchiq” AJ mahsulotlari namoyish etildi.
“Millenis UK Limited”, “TIMAC AGRO”, “AXSO”, “Interore/Uniwen” va “Qualifert” kompaniyalari bilan Fransiya va Yevropa bozorlariga mahsulot yetkazib berish hamda hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.
Ko‘rgazmada ishtirok etish eksport geografiyasini kengaytirish va uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga qaratildi. Strategik maqsad - O‘zbekiston mineral o‘g‘itlarining Yevropa Ittifoqiga eksportini $500 mln, shu jumladan, Fransiyaga eksport hajmini $100 mln ga yetkazish.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech